Majlisda Akademiya talabalari tomonidan bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash va baholash tartibi, 2-kurs sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan magistratura tinglovchilarining magistrlik ilmiy-tadqiqot ishlari mavzulari hamda mustaqil izlanuvchilikka qabul qilingan tadqiqotchilarning dissertatsiya mavzulari, ilmiy rahbarlari va biriktirilgan tarkibiy tarmoqlari tasdiqlandi.
Shuningdek, Akademiya tayanch doktorantlarining ayrimlariga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash yuzasidan ma’lumot eshitildi.
Shu bilan birga, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda tadqiqotchilari tomonidan tayyorlangan ilmiy adabiyotlar ko‘rib chiqilib, Akademiya tarkibiy tarmoqlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.
Majlis kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.