Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusidagi mintaqaviy treningda ishtirok etildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusidagi mintaqaviy treningda ishtirok etildi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari joriy yilning 21-24 oktyabr kunlari Xalqaro valyuta jamg‘armasining Markaziy Osiyo, Mo‘g‘uliston va Kavkaz mamlakatlari salohiyatini rivojlantirish mintaqaviy markazi tomonidan Olmaota shahrida tashkil etilgan “Makroiqtisodiy masalalarga ta’sir o‘tkazuvchi korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusidagi mintaqaviy treningda ishtirok etdi.

To‘rt kunlik treningda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon va Mo‘g‘uliston davlatlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga mas’ul bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurashish agentliklari, prokuratura organlari, Markaziy bank va shunga o‘xshash organlar xodimlari qatnashishdi.

Tadbir Xalqaro valyuta jamg‘armasi, BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ekspertlari tomonidan olib borilib, unda ishtirokichlar Xalqaro valyuta jamg‘armasining boshqarish va korrupsiyaga qarshi kurashishga oid yondashuvlari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali tadbirlarni rejalashtirish, huquqiy va institutsional islohotlarning korrupsiyaga qarshi kurashish usulining bir qismi sifatida, korrupsiyaga qarshi islohotlar uchun maydon yaratish kabi sessiyalarda mavzuga doir ma’lumotlar va axborotlar o‘rganib chiqildi.

Tadbir ishtirokchilarga mamlakatning iqtisodiy barqarorligini yaxshilashda korrupsiyaga qarshi kurashish, bu borada amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan tashkiliy, huquqiy va institutsional islohotlar, Xalqaro valyuta jamg‘armasining bu yo‘nalishdagi vazifalari va imkoniyatlari haqidagi foydali ma’lumotlarni tushunish va o‘rganishga imkon berdi.