Akademiya talabalarining Milliy kutubxonaga tashrifi

Akademiya talabalarining Milliy kutubxonaga tashrifi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasi talabalari O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tanishuv tashrifini amalga oshirdilar va kutubxonaga a’zo bo‘ldilar. Tashrif davomida talabalar kutubxonaning resurslari, fondlari va zamonaviy axborot texnologiyalari bilan tanishdilar.

Kutubxona xodimlari talabalarga kutubxonaning faoliyati, axborot resurslari va elektron ma’lumotlar bazalari haqida ma’lumot berdilar. Tashrif davomida talabalar kutubxonadagi kitoblardan va axborot resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatini beruvchi a’zolikka qabul qilindi.

Mazkur tashrif talabalarga Akademiyada tahsil olish davomida zarur bo‘lgan ilmiy va akademik resurslarga kirish imkoniyatini taqdim etib, ularning kitobxonlik va axborot manbalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.