Akademiya tomonidan korruptsiyaga qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasining dolzarb muammolari yuzasidan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o'tkazish, ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini, shu jumladan, milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish bo'yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Akademiya ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat darajasi, ilmiy-tadqiqot ishlari sifati, shuningdek, ilmiy-innovatsion faoliyat natijalari reyting ko'rsatkichlarini oshirish maqsadida Yevropa ittifoqi grantlarida, shuningdek, demokratiya va qonun ustuvorligini mustahkamlash hamda inson huquqlarining hurmat qilinishini ta'minlashga qaratilgan loyihalarda ishtirok etishni rejalashtirgan.
Joriy yilning 21 may kuni grantlarda ishtirok etish va ishlab chiqilayotgan loyihalarning ustuvor mavzu va yo'nalishlarini muhokama qilish bo'yicha ishlar doirasida Akademiya ishchi guruhi
ekspertlari uchun trening bo'lib o'tdi.
Tadbir Akademiya faoliyatiga loyiha boshqaruvini joriy etish dasturi doirasida jalb qilingan loyiha boshqaruvi sohasidagi mutaxassis M.Xakimdjanova tomonidan o'tkazildi.
Trening natijasiga ko'ra yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.