Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini yanada rivojlantirish, ularni kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, kelgusi xizmat faoliyatiga tayyorlash hamda ular o‘rtasida sog‘lom raqobat hissini shakllantirish maqsadida Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 1 va 2-kurs talabalari o‘rtasida Makarov pistoletini noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish tartibi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqa o‘g‘il bola va qizlar o‘rtasida alohida bo‘lib o‘tdi. Barcha ishtirokchilar mashqni amalga oshirgan vaqt nisbati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilari va Akademiya xodimlaridan tashkil topgan hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
Unga ko‘ra natijalar quyidagicha tus oldi:
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin – Serikov Sultan – “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishi 2-kurs talabasi;
2-o‘rin – Komilov Samandar – “Tergov faoliyati” yo‘nalishi 2-kurs talabasi;
3-o‘rin – Berdiqulov Shodiyor – “Tergov faoliyati” yo‘nalishi 1-kurs talabasi.
Qiz bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin – Zaripova Bonu – “Tergov faoliyati” yo‘nalishi 1-kurs “B”-talabasi;
2-o‘rin – Orinbayeva Aqsingul – “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishi 1-kurs talabasi;
3-o‘rin – Sobitaliyeva Odina – “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishi 1-kurs talabasi.
Musobaqa do‘stona va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi, g‘oliblar esa munosib ravishda diplom, medal, kitob va boshqa sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Bu kabi tadbirlar doimiy va tizimli ravishda tashkil etilishi rejalashtirilgan.