“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida yu.f.d. X.Boboyev va prokuratura organlari faxriysi E.Abzalov ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Akademiya xodimlari, tinglovchilari va bakalavriat bosqichi talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, uning normalarini so‘zsiz va to‘liq amalga oshirish, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyati talabalarga yetkazildi.

Ma’ruzachilar tomonidan Konstitutsiyaning qoidalari va tamoyillarini amaliy misollar bilan tushuntirib berilishi talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Uchrashuv chuqur mulohazalar bilan o‘tib, talabalar O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining normalarini amalda qo‘llash borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob oldilar