“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” mavzusida sayyor tadbirlar turkumi o‘tkazildi

“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” mavzusida sayyor tadbirlar turkumi o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o‘ttiz ikki yilligini nishonlash doirasida Asosiy qonunimizda belgilangan xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi ezgu g‘oyalar mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan joylarda “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar turkumi tashkil etib kelindi.

Xususan, joriy hafta davomida Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan Toshkent Xalqaro universitetida, Toshkent davlat yuridik universitetida, IIV akademiyasida, Toshkent tibbiyot akademiyasida, IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” mavzusida tadbirlar o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvlar jarayonida ishtirokchilarga yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar, hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarinining ishonchli himoyasini ta’minlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning o‘rni va roli haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Mazkur tadbirlar tizimli asosda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.