Akademiya prokuratura organlari xodimlari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish yo‘lida

Akademiya prokuratura organlari xodimlari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish yo‘lida


Akademiya tomonidan prokuratura organlari, Akademiya xodimlari, shuningdek talaba va tinglovchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan ishlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Turli tanlovlar, kitob yarmarkalari, zamonaviy mualliflar bilan ijodiy uchrashuvlar va boshqa tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinadi.

Mazkur faoliyat doirasida prokuratura organlari elektron hujjat aylanishi tizimida elektron kutubxona tashkil etilib, respublikamizning barcha hududlari, shu jumladan eng chekka hududlari xodimlari uchun elektron kutubxona dan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Mazkur kutubxonada milliy va jahon adabiyotining yuksak namunalari bilan bir qatorda, yuridik, ilmiy-tarixiy va boshqa adabiyotlar raqamli tarzda kiritilgan. Bugungi kunda elektron kutubxonada ikki mingdan ortiq adabiyot joylashtirilgan bo‘lib, kutubxona fondi muntazam boyitib borilmoqda.

Mazkur chora-tadbirlar xodimlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning adabiyot hamda professional resurslarga bo‘lgan munosabatini mustahkamlashga xizmat qiladi.