ICCMCC IBA (International Criminal Court Moot) tanlovida ishtirok etish uchun Huquqni muhofaza qilish akademiyasi jamoasini shakllantirish uchun arizalar qabul qilinadi

ICCMCC IBA (International Criminal Court Moot) tanlovida ishtirok etish uchun Huquqni muhofaza qilish akademiyasi jamoasini shakllantirish uchun arizalar qabul qilinadi


Akademiya bakalavriat yo‘nalishining 2- va 3-kurs talabalari hamda magistratura tinglovchilari xalqaro huquq sohasidagi eng nufuzli tanlovlardan biri bo‘lgan ICCMCC IBA – International Criminal Court Moot Xalqaro jinoiy sud tanlovida ishtirok etish imkoniyatiga ega. Ushbu tanlovda ishtirok etish orqali talabalar o‘z yuridik bilimlarini xalqaro darajada sinab ko‘rish, hamda o‘z malaka va bilimlarini global miqyosda namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa ularning mustaqil fikrlash, dalillar keltirish, o‘z nuqtai-nazarini asoslantirish va huquqiy himoya qilish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

ICCMCC IBA Xalqaro jinoiy sud tanlovi talabalar uchun xalqaro jinoyat huquqi bo‘yicha tajriba orttirish va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazish, xalqaro jinoiy sud jarayonlarini o‘rganish imkonini beruvchi nufuzli platformadir. Dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidagi universitetlar ushbu tanlovda faol ishtirok etib, talabalar uchun xalqaro tajriba va hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Tanlovda ishtirok etishni istagan bakalavriat yo‘nalishining 2- va 3-kurs talabalari hamda magistratura tinglovchilari joriy yilning 13 noyabr soat 17.00 ga qadar quyida keltirilgan so‘rovnomani to‘ldirishlari zarur.

https://forms.gle/Ec1ejSprre7fx5Pn9