Kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga, shu jumladan aralash va ishdan ajralmagan holda masofaviy shakldagi ta’lim jarayonlariga samarali instrumentlar va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish Akademiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Shu munosabat bilan, Akademiyada masofaviy va aralash kurslarni ishlab chiqish bo‘yicha Akademiya professor-o‘qituvchilari salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-trening jarayonida professor-o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida masofaviy va aralash kurslar uchun elektron ta’lim resurslarini sun’iy intellekt (ChatGPT, Grammarly, Gamma) yordamida va vizual mikrokontentlarni zamonaviy dasturlar (Quizizz, Canva, Duolingo, Animaker, Edmodo) asosida ishlab chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqildi.
Mazkur seminar-trening Akademiya professor-o‘qituvchilarining masofaviy va aralash kurslari uchun zamonaviy elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.