Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori bilan uchrashuv

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori bilan uchrashuv


Joriy yil 14 noyabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanovning O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida Akademiya rahbariyati bilan Agentlik direktori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori ijrosi doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasini joriy etish bo‘yicha tadbirlarni muhokama qildilar.

Shuningdek, tashrif jarayonida Agentlik direktori Akademiyada ta’lim va tadqiqot sohasidagi faoliyat bilan yaqindan tanishib chiqdi.

Uchrashuv yakunida Akademiya bilan Agentlik o‘rtasida amalda bo‘lgan memorandum doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari kelishib olindi.