Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish sohasidagi qonunchilik borasidagi xabardorlikni oshirish bo‘yicha ishlar tizimli olib borilmoqda.
Korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalaridagi navbatdagi o‘quv mashg‘uloti Suv xo‘jaligi vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar rahbarlari uchun o‘tkazildi.
Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi prokurori T.Safarov tomonidan ishtirokchilarga “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, davlat xizmatchilariga o‘rnatilgan taqiq va cheklovlar, ularni buzganlik uchun qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik choralari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.