Raqamli ekspertiza sohasida hamkorlik

Raqamli ekspertiza sohasida hamkorlik

2018 yil 30 oktyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Janubiy Koreya Respublikasining Bosh prokuraturasi raqamli tadqiqotlar bo'limi xodimlari va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini malakasini oshirishda hamkorlik, raqamli tadqiqotlardan foydalanish, maxsus o'quv modulini joriy etish, raqamli ekspertizaning o'quv laboratoriyasini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Ishtirokchilar ma'lumotlar va maxsus dasturlarni tahlil qilish metodologiyasini ishlab chiqish, dalillarni tahlil qilish qobiliyatini oshirish va raqamli dalillarni to'plash, ro'yxatga olish va ulardan foydalanish sohasida qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish bo'yicha fikr almashdilar.