Huquqni muhofaza qilish akademiyasining intellektual o‘yinlar zalida bakalavriatning 2-bosqich talabalari ishtirokida debat klubining “Xalqaro huquqda hudud” mavzusidagi navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.
Debat klubining mazkur sonida talabalar hududlar suvereniteti, davlatlar chegaralarini belgilash va uning xalqaro huquqiy oqibatlari kabi dolzarb masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi talabalar o‘rtasida mustaqil fikrlash, tanqidiy tahlil qilish va amaliy muloqot olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, bu ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatiga muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ishtirokchilarning ta’kidlashicha, mazkur debatlar ularga xalqaro huquq sohasidagi bilimlarini yanada mustahkamlash va turli manbalar asosida xolis fikr bildirish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini berdi.
Mazkur muloqot maydoni talabalarga o‘z fikrlarini erkin bayon qilish, hozirjavoblik va murakkab savollarga javob topishda yordam beradi. Shuningdek, u yosh mutaxassislar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, kelgusidagi kasbiy hamkorliklar uchun zamin yaratishni maqsad qilgan.