O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida yuridik oliy ta’lim muassasalari talabalaridan iborat tarkibda shakllantirilgan oltita jamoa ishtirokida “Zamonaviy tergovchi profilining tuzilishi” mavzusida muhokama-munosabat tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda talabalarning zamonaviy tergovchiga qo‘yiladigan kasbiy va psixologik talablar bo‘yicha fikr va mulohazalari, bugungi kun tergovchisi haqidagi tushunchalari atroflicha o‘rganildi hamda mutaxassis-ekspertlar tomonidan tegishli munosabat bildirildi.
Yuridik oliy ta’lim muassasalari tomonidan kelgusida debat tadbirlari o‘tkazilishini davom ettirishga kelishib olindi.