Huquqni muhofaza qilish akademiyasi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Bojxona instituti tomonidan tashkil etilgan “Giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasining oldini olish faoliyatini yanada takomillashtirish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdilar.
Konferensiyada shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tezkor-qidiruv faoliyati departamenti, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Jamoat xavfsizligi universiteti va Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi yetakchi mutaxassislari hamda ilmiy xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirda giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish sohasida o‘zaro hamkorlik, sintetik giyohvand moddalarni tarqatish muammsi, shuningdek giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasining oldini olish borasida idoralararo va xalqaro hamkorlikni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.