Buxgalteriya sohasida mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qilinadi

Buxgalteriya sohasida mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qilinadi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi buxgalteriya sohasida mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qiladi (muddatli shartnoma asosida vaqtinchalik ish).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 2022 yil 28 noyabrdagi PF–257-son Farmoniga asosan Bosh prokuratura Akademiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etildi.

Hozirgi vaqtda Akademiya faoliyatiga vaqtinchalik asosda buxgalteriya sohasidagi mutaxassisni jalb qilish zarurati mavjud. Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik huquqiy shartnoma imzolanadi.

Mutaxassisning vazifalari:

Akademiya rahbariyatining topshirig‘i bo‘yicha Akademiyada buxgalteriya xisob-kitoblari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish haqidagi kelishuvga ilova qilingan bajariladigan ishlar kalendar-rejasiga muvofiq, quyidagi xizmatlarni ko‘rsatish:

- Akademiya oylik ish xaki va unga tenglashtirilgan to‘lovlar xarajatlari to‘g‘ri amalga oshirilishini nazorat kilish.

- Buxgalteriya  UzASBO-2 dasturida ishlash, ushbu dasturda buxgalteriya hisob kitoblari bo‘yicha subschot provodkalarini tuzish;

- Akademiya uchun sotib olingan asosiy vositalarni kirim qilish, asosiy vositalarga qayta baholash xamda eskirish provodkalarini tuzish, asosiy vositalarni dalolatnomaga asosan chiqimini shakllantirish;

- Akademiyaning budjetdan tashqari hisob raqamlarga kelib tushgan mablag‘larni kirim qilish, mablag‘lar xarajati hisobotlarini shakllantirish;

- Akademiya uchun sotib olingan tovar-moddiy boyliklarini kirim qilish, dalolatnomaga asosan chiqimini shakllantirish;

- Akademiya boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalarni UzASBO-2 dasturiga kiritish, g‘aznachilik organlaridan ro‘yxatdan o‘tgan shartnomalar bo‘yicha debitor-kreditor qarzdorlik bo‘yicha hisobotni shakllantirish;

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

- moliya-iqtisod sohasida oliy ma’lumot va budjet tashkilotlari moliya-xo‘jalik sohasida kamida ikki yillik ish tajribasi;

- buxgalteriya , buxgalteriya hisob-kitoblari bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish;

- buxgalteriya hujjatlarni ishlab chiqish hamda rasmiylashtirishga oid nizomlar, yo‘riqnomalar va boshqa rahbariy hujjatlarni bilish;

- buxgalteriya bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish tartibini bilish;

- o‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish.

Mazkur ish muddati 6 (olti) oyga belgilangan bo‘lib, kelgusida zaruratga ko‘ra, fuqaro muddatli mehnat shartnomasi asosida Akademiyaga ishga qabul qilinishi mumkin.

Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi bilan belgilanadi va talabgorga bajarilgan ish natijasiga ko‘ra to‘lanadi, to‘lov miqdori tanlov natijalariga ko‘ra uch milliondan o‘n ikki million so‘mgacha.

Talablar: mas’uliyat, jamoa bilan hamnafas ishlash, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajarish.

Ish vaqti 40 soatlik, haftasiga 5 kunlik ish rejimini tashkil etadi.

Talabgor Akademiya Kadrlar bo‘limiga fuqarolik pasporti yoki ID kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlar (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ta’lim olganlik haqida diplom va uning ilovasi, mehnat daftarchasi nusxasi, STIR ma’lumotnomasini taqdim etishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng zaruratga ko‘ra talabgor bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.

Hujjatlarni topshirish muddati 2024 yil 25 noyabrga qadar.

Murojaat uchun tel.: 71-202-04-96 (1743)