1 noyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Fridrix Ebert jamg'armasining Qozog'iston va O'zbekistondagi mintaqaviy direktori Henrietta Kifer hamda Toshkent shahridagi idorasi direktori N.Rezyapova bilan uchrashuv tashkillashtirildi.
Uchrashuv Akademiya va Jamg'armaning faoliyati bilan tanishish shuningdek, ikkala tomonning o'zaro manfaatlarini ifoda qiluvchi aniq sohalarda hamkorlik qilishi istiqbollarini muhokama qilish imkoniyatini berdi. Xususan, uchrashuv chog'ida prokuratura organlarining ilmiy salohiyatini rivojlantirishda samarali hamkorlikni o'rnatish muhokama qilindi.
Ma'lumot uchun: Fridrix Ebert nomidagi jamg'arma qadimiy nemis jamg'armalaridan biri bo'lib, u 1925 yilda Germaniyaning birinchi prezidentining siyosiy merosi hisoblanadi. Jamg'armaning Toshkentdagi idorasi 1997 yildan buyon faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Uning asosiy faoliyati mamlakatning barcha hududlarida siyosiy va fuqarolik sohalarini qo'llab-quvvatlash hamda huquqiy islohotlarni o'tkazishga qaratilgan.