Akademiya talabasining navbatdagi yutuqlari

Akademiya talabasining navbatdagi yutuqlari


Akademiya bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishi 1-kurs talabasi Shamshod Amankulov sardorligidagi “Poytaxt yoshlari” jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2024 yil noyabrida tashkil etilgan “Yoshlar va qonun” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Talabamiz boshchiligidagi jamoa tanlovning asosiy shartlari, ya’ni  test sinovlari, kazuslar ishlash, qonunchilik tashabbuslari taqdimoti, sud majlisi modeli shartlari bo‘yicha yuqori natijalarni ko‘rsatdi.

Xalqaro talabalar kunini nishonlash doirasida Akademiya rahbariyati tomonidan Sh.Amankulov tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgani munosabati bilan taqdirlandi.