Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etilganining ikki yilligi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etilganining ikki yilligi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–257-son Farmoniga asosan Bosh prokuratura Akademiyasining negizida tashkil etilgan.

Akademiya “Turli tizimlar – yagona yondashuv” tamoyili bo‘yicha surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirishga vakolatli davlat organlari uchun malakali kadrlar tayyorlaydigan ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

Qisqa muddat ichida Akademiyada ta’lim, ilmiy-tadqiqot va ekspert-tahlil sohalarining barcha yo‘nalishlarida belgilangan vazifalarni to‘liq amalga oshirish uchun zarur salohiyat shakllantirildi.

Akademiya jamoasi o‘z faoliyatini “Qonunga xizmat qilish yo‘lida o‘qitish va o‘rganish” («Et docere et discere servitute legis») shioriga sodiq holda tashkil etadilar va amalga oshiradilar.