Akademiyada Bosh prokuror tomonidan o‘quv jarayonini prokuratura organlarining kasbiy faoliyati bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlashga oid belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Ixtisoslashtirilgan prokurorlar korpusining tuman (shahar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlari yordamchilari hamda viloyat prokuraturalari mahkama xodimlari uchun “Yuqori instansiya sudlarida jinoyat ishlarini ko‘rilishida prokuror vakolatini ta’minlash masalalari” mavzusida o‘tkazilayotgan malaka oshirish kursi doirasida binar o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Binar o‘quv mashg‘uloti Bosh prokuraturaning Jinoiy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash boshqarmasi prokurori S.Q.Axmedov hamda Akademiyaning kafedra katta o‘qituvchisi B.R.Yarashov tomonidan o‘tkazildi.
Binar o‘quv mashg‘ulotida jinoiy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatlarini ta’minlashda amaliyotda yo‘l qo‘yilayotgan muammolar va ularning yechimi borasida tinglovchilarga tegishli tushuntirishlar berilib, bugungi kunda yo‘nalish bo‘yicha belgilangan talablar va vazifalar ijrosi yuzasidan ma’lumotlar ko‘rsatildi.
Binar o‘quv mashg‘uloti davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.