O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan AQShning Federal tergov Byurosi, Adliya vazirligi, Milliy kontrterroristik markazi hamda OPDAT dasturi bilan hamkorlikda “Xorijiy jangari-terroristlar bilan bog'liq jinoyatlarni tergov qilish va ularni jinoiy ta'qib qilish” mavzusida amaliyotchi mutaxassislar uchun o'quv kursi tashkil etildi.
O'quv kursi 9 sessiyadan iborat bo'lib, 30 oktyabrdan 1 noyabr kuniga qadar o'tkazildi. Tadbirda Bosh prokuratura Akademiyasi professor-o'qituvchilari, O'zbekiston Respulikasi Bosh prokuraturasi hamda hududiy prokuraturalar, Ichki ishlar vazirligi tizimi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari qatnashdi.
Tadbirning birinchi kunida ISHID terroristik tashkiloti, boshqa xorijiy terroristik tashkilotlarining Markaziy Osiyodagi faoliyati hamda ularning ISHID terroristik tashkilotlari bilan aloqasi, Rabot memorandumi mazmun-mohiyati, AQSH tajribasida xorijiy jangari-terroristlar bilan bog'liq jinoyat ishlarini yuritish bo'yicha ma'ruzalar o'qildi.
O'quv kursining ikkinchi kunida terrorizm bilan bog'liq jinoyat ishlarini tergov qilish va bu turdagi ishlar bo'yicha jinoiy ta'qib yuzasidan AQSH tajribasi yoritildi.
Kursning uchinchi kunida mashg'ulotlar gipotetik stsenariydan foydalangan holda kichik guruhlarda o'tkazildi hamda kelgusida ko'zda tutilgan tadbirlar uchun mavzular shakllantirildi.
Ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi, tadbir samarali o'tdi hamda kutilgan natijalarga erishildi. O'quv kursi yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.