O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilari uchun ixtisoslik va chet tili bo‘yicha malakaviy imtihon tashkil etildi.
Imtihon Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, IIV Akademiyasi, Sudyalar oliy maktabi, TDYUU, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xodimlaridan iborat tarkibda tuzilgan komissiya tomonidan olib borildi.
Imtihonda talabgorlarning maxsus fanlar va chet tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida hamda mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, izlanuvchilar tomonidan olib borayotgan dissertatsiya mavzusi doirasida mavjud ilmiy muammolar va ularning yechimlari xususida berilgan savollarga javoblar olindi.
Malakaviy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan tadqiqotchilarga guvohnomalar berildi.