Akademiya “Yosh kitobxonlar” klubi talabalari XVI Turkiy she’riyat festivalida qatnashdilar

Akademiya “Yosh kitobxonlar” klubi talabalari XVI Turkiy she’riyat festivalida qatnashdilar


Huquqni muhofaza qilish akademiyasining "Yosh kitobxonlar" klubi a’zolari Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) hamkorligida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida o‘tkazilayotgan XVI Turkiy she’riyat festivalida faol ishtirok etdilar.

Mazkur festival turkiy xalqlar adabiy merosini o‘rganish, qadrlash va uni keng jamoatchilikka tanitish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda O‘zbekistonning yetakchi yozuvchilari, shoirlari, turkiy xalqlarning turli davlatlaridan kelgan mehmonlar hamda adabiyot ixlosmandlari qatnashdilar.

"Yosh kitobxonlar" klubi a’zolari ushbu tadbirda ishtirok etib, turkiy xalqlar adabiyotiga oid qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Festival davomida ular mashhur yozuvchi va shoirlar bilan uchrashish, ularning ijodi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Festival doirasida o‘tkazilgan tadbirlar yosh avlodda adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, turkiy til va madaniyatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi o‘zining "Yosh kitobxonlar" klubi a’zolarini shunday nufuzli tadbirlarda ishtirok etishga rag‘batlantirish orqali, yoshlar ongida kitobga mehr uyg‘otish hamda turkiy xalqlar madaniy hamjamiyatini yanada boyitishga hissa qo‘shishda davom etmoqda.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Yosh kitobxonlar” klubi kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning dunyoqarashini boyitish maqsadida faoliyat yuritadi.