Huquqni muhofaza qilish Akademiyasida “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” va “Energiyasavdo” MCHJ hamda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti Toshkent shahar hududiy filiallari ma’sul xodimlari bilan, soha xodimlarining malaka oshirishini masofaviy shaklda tashkil etish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Akademiyaning elektron platformasi asosida elektr tarmoqlari, energosavdo va gaz ta’minoti tizimi xodimlarining masofaviy malakasini oshirishni bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, qisqa vaqt ichida “Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalari”, “Elektr energiyasidan iste’molchilar tomonidan foydalanish qoidalari”, “Gaz ta’minoti tizimi faoliyatini samarali tashkil etish mexanizmlari” mavzusidagi modullar bo‘yicha masofaviy kurslar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilganligi qayd etildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida masofaviy malaka oshirish kurslarini tashkil etish uchun Akademiyaning elektron platformasida ishlash va uning imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.
Tomonlar kelgusida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishib olindi.