O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi Sh.Sh. Sadikov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mehmon Akademiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, prokuror-tergov kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida qo‘llanayotgan zamonaviy ta’lim metodikalari va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek Akademiya ta’lim infratuzilmasi bilan yaqindan tanishib chiqdilar.

Tadbir doirasida Akademiya va Advokatlar palatasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, qonun ustuvorligi va odil sudlovni ta’minlash maqsadida salohiyatli kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qaratilgan faoliyatni hamkorlikda amalga oshirish hamda o‘zaro hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida memorandum va hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejasini imzolashga kelishib olindi.

Ushbu hujjat ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va uzoq muddatli hamkorlik uchun muhim qadam hisoblanadi.