Huquqni muhofaza qilish akademiyasida rahbar kadrlarni qayta tayyorlash kursiga qabul e’lon qilinadi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida rahbar kadrlarni qayta tayyorlash kursiga qabul e’lon qilinadi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2024/2025 o‘quv yilida prokuratura organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash maqsadida zaxirada turgan kadrlar uchun kasbiy qayta tayyorlash kursi uchun qabul boshlangani ma’lum qilinadi.

Mazkur tanlovda prokuratura organlarida kamida 5-yil ish stajiga ega quyidagi xodimlar ishtirok etishi mumkin:

– Bosh prokuraturaning boshqarma va bo‘lim boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari;

– Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i va o‘rinbosarlari hamda tarmoq rahbarlari;

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy va Transport prokurorlari hamda ularning o‘rinbosarlari, sohalar bo‘yicha katta yordamchilar, viloyat prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning bo‘lim boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari;

– Tuman (shahar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar hamda ularning o‘rinbosarlari;

– Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosining barcha bo‘g‘indagi boshqarma boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan xodimlar joriy yil 12 dekabr kuniga qadar tegishlicha kadrlar tarmoqlariga murojaat qilishlari mumkin.

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi