Akademiyada sifatli va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga, hayotiy misollar va ta’sirchan vositalar orqali talabalarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirishga, shu bilan birga, ularda harbiy xizmat (xizmat)ga bo‘lgan cheksiz hurmat hissini mustahkamlashga va kelgusi xizmat faoliyatiga tayyorlashga alohida e’tibor berilmoqda.
Ushbu kechiktirib bo‘lmaydigan va dolzarb maqsadlarga erishish yo‘lida 1-kursning “Tergov faoliyati” harbiylashtirilgan ta’lim yo‘nalishi talabalarining Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrifi tashkillashtirildi.
Tadbir davomida talabalar Akademiya muzeyi, kutubxonasi, sport majmualari, umuman olganda, u yerda kursant va tinglovchilarning kundalik turmush tarzi, ularning ta’lim olish va xizmat faoliyatini olib borish uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlar bilan yaqindan va bafurja tanishishga muyassar bo‘ldilar.
Shu bilan birga, talabalar Harbiy va jismoniy tayyorgarlik moduli doirasida olayotgan bilim va ko‘nikmalarini Akademiyaning zamonaviy elektron tirida o‘qotar qurollardan otish va zirhli texnikalarni boshqarish mashqlarini bajarish orqali sinab ko‘rdilar.