Bosh prokuratura Akademiyasining psixologik ta'minlash bo'limi mutaxassislari tomonidan respublikaning barcha hududlarida prokuratura organlari xodimlari tomonidan muomala madaniyati va odobi (etika)ga qat'iy rioya etilishini ta'minlash bo'yicha chora tadbirlar Dasturi doirasida prokurorlarning kommunikativ salohiyatni oshirish treninglari o'tkazilmoqda.
Mashg'ulotlarda fuqarolar qabuliga mas'ul tuman prokurorlari o'rinbosarlari va viloyat prokuraturasi xodimlari ishtirok etmoqda. Ushbu trening interaktiv o'qitish metodlariga asoslangan bo'lib, xodimlarda fuqarolar bilan muloqotni samarali shakllantirishda yetarli bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Trening ishtirokchilari fuqarolar qabuli va muammoli vaziyatlarni hal qilishda olingan bilim va malakalarini foydali ekanligini ta'kidlab o'tishdi.