Tuman va shahar sektor rahbarlari ishtirokida aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimining samarali ishlashi uchun mas’ul rahbar kadrlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar doirasida 65 nafar tuman (shahar) prokurorlari uchun Akademiyada seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Tadbirda sektorlar kesimida mahallalarda uchrayotgan sohaviy muammolar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirda sektorlar faoliyatini baholash ko‘rsatkichlariga oid nazariy va amaliy masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Bundan tashqari, prokurorlar huquqni muhofaza qilish organlari uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish yuzasidan Akademiyada joriy etilgan ta’lim dasturlari, shuningdek, kiberlaboratoriya, kriminalistik poligon, kriminalistik laboratoriya, sud imitatsiyasi zali hamda boshqa amaliy va simulyatsion o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish imkonini beradigan zamonaviy ta’lim infratuzilmasi bilan tanishtirildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar Akademiyada tashkil etilgan Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatiga oid taqdimot bilan tanishdilar.