Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu bayram tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi M.E.Abdusalomov va sudyasi A.E.Raxmanov, prokuratura faxriylari, Akademiya rahbariyati, xodimlari va talabalari ishtirok etdilar.
Mazkur tadbir Akademiyada Konstitutsiya oyligida o‘tkazilgan turkum tadbirlarning yakuniy qismi bo‘ldi.
Akademiyaning talabalari va tinglovchilari ishtirokida “Konstitutsiya bilimdoni” tanlovi, ommaviy diktant, ilmiy maqolalar tanlovi, Konstitutsiya normalari aks ettirilgan videoroliklar, ijodiy ishlar va infografika tanlovlari o‘tkazildi.
Konstitutsiyaviy sud raisi M.E.Abdusalomov tomonidan tanlov va nominatsiya g‘oliblari darajali diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Tadbir doirasida Konstitutsiyaviy sud bilan hamkorlikda Akademiyada tashkil etilgan Konstitutsiya xonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek “Huquqni muhofaza qilish akademiyasi axborotnomasi” ilmiy-amaliy jurnalining Konstitutsiyaga oid maxsus soni hamda Akademiyada tayyorlangan Konstitutsiyaviy huquq darsligi taqdimoti qilindi.
Tadbir yakunida Konstitutsiyaviy sud va Akademiya o‘rtasida hamkorlik davom ettirilishi kelishib olindi.