O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligini takomillashtirish bo'yicha ishchi guruhning navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi

O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligini takomillashtirish bo'yicha ishchi guruhning navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi

2018 yil 2 noyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida xalqaro ekspertlar ishtirokida O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligini takomillashtirish bo'yicha ishchi guruhning navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda Konstitutsiyaviy sud, Oliy Majlis sud-huquq masalalari bo'yicha Qo'mitasi, Interpol milliy markaziy byurosi, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, IIV, TDYU va Advokatlar palatasidan vakillar, shuningdek, xalqaro ekspert Goran Klimenchich (Sloveniya) ishtirok etdilar.

O'tkazilgan munozaralar doirasida ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlik, bir qancha jinoyat sodir etish kabi qilmishlarni tasniflash, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar masalalari muhokama qilindi. Milliy va xorijiy davlatlar jinoyat qonunchiligi tahliliga asoslangan milliy va xalqaro tajribadan amaliy misollar keltirildi.