Akademiya rahbariyatining Anqara Yildirim Boyazid universiteti (Turkiya) Yuridik fakulteti dekani, professor Neslixan Karatash hamda universitet professori Samet Tatar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, shu jumladan akademik almashinuv, istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish, qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish va Akademiyaning ilmiy-ta’lim salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif doirasida mehmonlar Akademiyaning yangi binosi va o‘quv infratuzilmasi bilan yaqindan tanishib chiqishdi.