“Loyiha boshqaruvida rejalashtirishning samarali vositalari” mavzusida o'quv seminari bo'lib o'tdi

“Loyiha boshqaruvida rejalashtirishning samarali vositalari” mavzusida o'quv seminari bo'lib o'tdi

Joriy yilning 8 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi faoliyatiga loyiha boshqaruvini joriy etishga oid ishlar doirasida professor-o'qituvchilar uchun “Loyiha boshqaruvida rejalashtirishning samarali vositalari” mavzusida o'quv seminari bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi agentligi qoshida faoliyat ko'rsatuvchi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv oliy maktabi o'qituvchilari S.Spasennix va I.Nasrullaevlar tomonidan olib borildi.

Seminarning maqsadi – xodimlarni rejalashtirishni boshqarishni to'g'ri tashkil etishga o'rgatish hamda loyiha jamoasi bilan ishlash bo'yicha amaliy ko'nikmalarni shakllantirishdir.

Seminar doirasida ishtirokchilarga tashkilotlarning loyihalashtirish faoliyatida samarali foydalanib kelinayotgan loyihalarni rejalashtirishning zamonaviy vositalarini qo'llashning afzalliklari haqida ma'lumot berildi.

O'quv mashg'uloti ishtirokchilari tomonidan ta'kidlanganidek, seminar davomida olingan bilimlar xodimlarda loyiha boshqaruvining muhim tarkibiy qismi bo'lmish – ishlarni rejalashtirishni to'g'ri tashkil etishga oid amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.