Akademiya yuridik klinikasi bepul huquqiy yordam ko‘rsatadi

Akademiya yuridik klinikasi bepul huquqiy yordam ko‘rsatadi


Siz huquqiy masalalarda muammolarga duch kelyapsizmi?
Unda bu taklif aynan siz uchun!

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Yuridik klinikasi fuqarolarga bepul huquqiy yordam (huquqiy maslahatlar, ariza loyihalarini shakllantirish va boshqalar) ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yuridik klinika sizga quyidagi huquqiy masalalarda yordam beradi:

- Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov masalalarida;

- Fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy sudlarda ariza, da’vo arizasi, apellatsiya, kassatsiya, taftish instansiyalariga shikoyat arizalarini tayyorlab berish;

- Ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarda huquqiy yordam ko‘rsatish;

- Ta’lim, oila, mehnat, pensiya, ijtimoiy ta’minot va boshqa masalalarda huquqiy yordam berish.

Yuridik klinikaga murojaat qilishning ikki xil tartibi mavjud:

- Rasmiy sahifa orqali onlayn murojaat qoldirish (clinic.proacademy.uz);

- Yuridik klinikaga shaxsan tashrif buyurish.

Ish vaqti: dushanbadan-juma kunlari soat 09:00dan 18:00 gacha.

Bizning manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Rixsiliy ko‘chasi, 9-uy. Huquqni muhofaza qilish akademiyasi. Mo‘ljal: "Korzinka" supermarketi ro‘parasi. Murojaat uchun telefon: 71-202-04-96 (1952).