BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi Jinoyatlarning oldini olish va jinoiy adolat masalalari bo‘yicha koordinatori bilan uchrashuv

BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi Jinoyatlarning oldini olish va jinoiy adolat masalalari bo‘yicha koordinatori bilan uchrashuv


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) Jinoyatlarning oldini olish va jinoiy adolat masalalari bo‘yicha koordinatori Alina Timush xonim bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, shu jumladan Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlari uchun xalqaro-huquqiy hamkorlik tarmog‘i (CASC) doirasida hamkorlikni kuchaytirish, istiqbolli qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish, o‘quv treninglar va kurslarni tashkil etish, shuningdek mintaqaviy darajada huquqni muhofaza qiluvchi organlarning salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Tashrif doirasida mehmonlar Akademiyaning yangi binolari va zamonaviy ta’lim infratuzilmasi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.