Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Mamlakatimizda qonun ustuvorligi va prokuratura organlarining aholi bilan yanada yaqin hamkorligini ta’minlashda xodimlarning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–170-son Qarori ijrosini to‘laqonli ta’minlash maqsadida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Akademiya boshlig‘ining o‘rinbosari M.M.Mamasiddiqov tomonidan Andijon viloyat prokuraturasida mazkur qarorning mazmun-mohiyati, shuningdek uning ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan xodimlar xabardorligini oshirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi.
Seminar ishida viloyat prokuraturasi, shuningdek tuman (shahar) prokuraturalari xodimlari (onlayn) ishtirok etdilar.
Tadbir davomida shuningdek Huquqni muhofaza qilish akademiyasining ilmiy va ta’lim faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda sharoitlar, shuningdek ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish tartibi va talablari ishtirokchilarga atroflicha tushuntirildi.