O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, elchi Antti Karttunen boshchiligidagi YEXHT vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda YEXHT bilan kelgusi yillarga mo‘ljallangan hamkorlik istiqbollari va yo‘l xaritasi, shu jumladan transmilliy jinoyatlar, korrupsiya, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, odam savdosi va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha salohiyatni oshirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Samarali va mazmunli ruhda o‘tgan muloqotda taraflar belgilangan tashabbuslarni amalga oshirishga ko‘maklashish va qo‘shma loyihalar doirasida hamkorlikni faol qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirib o‘tdilar.