Axborot-kutubxona bazalaridan foydalanish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Axborot-kutubxona bazalaridan foydalanish bo‘yicha seminar o‘tkazildi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan huquqni muhofaza qilish faoliyatining dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot  ishlarini rivojlantirish maqsadida kutubxona texnologiyalarini modernizatsiyalash, axborot resurslarini integratsiyalash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Mazkur ishlar doirasida Akademiya Axborot-resurs markazida bir nechta milliy va xalqaro axborot-kutubxona bazalariga ulanish ta’minlangan. O‘z navbatida, foydalanuvchilar tomonidan ushbu bazalardan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida markaz tomonidan muntazam ravishda o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.

Mazkur turkum seminarlar doirasida magistratura tinglovchilari uchun axborot-kutubxona bazalaridan foydalanish imkoniyatlari haqida navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida talabalarga xalqaro ilmiy bazalarga kirish, ma’lumotlarni izlash va ulardan samarali foydalanish borasida batafsil yo‘riqnomalar berildi.

Tadbir tinglovchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyatida axborot manbalaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, ularning intellektual va kasbiy rivojlanishiga hissa qo‘shishga yo‘naltirilgan.

Axborot-resurs markazi bunday seminarlarni kelgusida ham o‘tkazishni rejalashtirib, foydalanuvchilarga yangicha imkoniyatlar taqdim etishda davom etadi.