"Jinoyatchilikka qarshi kurashishning sotsiologik jihatlari" mavzusidagi seminar

"Jinoyatchilikka qarshi kurashishning sotsiologik jihatlari" mavzusidagi seminar

Joriy yilning 9 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida huquq sotsiologiyasi mutaxassisi – Tallin Universiteti Huquq maktabi katta ilmiy xodimi Abel Polese ishtirokida jinoyatchilikka qarshi kurashishning sotsiologik jihatlariga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbir “Buyuk kelajak” Xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti ko'magida Akademiyaning xorijiy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 31 oktyabrdagi PF-5566-son Qaroriga muvofiq Akademiya tuzilmasida tashkil etilgan Jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish va o'rganish markazi imkoniyatlarini mustahkamlashga qaratilgan ishlar doirasida tashkil etildi.

Seminarda Akademiya professor-o'qituvchilari hamda jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika qilish sohasida faoliyat ko'rsatuvchi mutaxassislar ishtirok etishdi.

Tadbir ishtirokchilari jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish bo'yicha samarali choralarni qo'llashda sotsiologik omilning muhimligini alohida ta'kidladilar.