“Tezkor-qidiruv faoliyati va jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlashning dolzarb masalalari” ilmiy-amaliy konferensiyasi

“Tezkor-qidiruv faoliyati va jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlashning dolzarb masalalari” ilmiy-amaliy konferensiyasi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Tezkor-qidiruv faoliyati va jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlashning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – huquqni muhofaza qilish sohasida dolzarb bo‘lgan masalalarni ilmiy va amaliy nuqtayi nazardan muhokama qilish, ularni tahlil etish va yechimlar ishlab chiqishdan iborat.

Konferensiya ishida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, olimlar, ekspertlar va ilmiy jamoatchilik vakillari bir platformada uchrashib, bilim va tajriba almashdilar, bu esa ushbu tadbirning ilmiy-tadqiqot va amaliy sohalarni uyg‘unlashtirish borasidagi ahamiyatini belgilab beradi.

Tadbir ishtirokchilari mazkur konferensiya nafaqat ilmiy jamoatchilik, balki huquqni muhofaza qilish organlari va davlat idoralari faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, soha faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Konferensiya doirasida shaxs huquqlarini himoya qilish va huquqiy tizimni takomillashtirish bo‘yicha yangi g‘oyalar, ilmiy yechimlar hamda amaliy yondashuvlarga oid ma’ruzalar tinglandi.

Bunday muloqot nafaqat nazariy yondashuvlarni amalga tatbiq etishga, balki jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.