Akademiya talabalari ijodiy kechada ishtirok etishdi

Akademiya talabalari ijodiy kechada ishtirok etishdi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Yosh kitobxonlar” klubi a’zolari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “Xiyobon oqshomlari” ijodiy kechasida ishtirok etdilar.

Mazkur tadbir yoshlarda adabiyotga qiziqish uyg‘otish, ijodiy salohiyatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda madaniy merosni ulug‘lash maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda Akademiya talabalari faol ishtiroki etdilar, ular o‘zlarining ijodiy chiqishlari, she’riy to‘plamlarni o‘qishlari bilan hamda mualliflar bilan suhbat orqali tadbirga alohida joziba bag‘ishlashdi.

Bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish Akademiya talabalari uchun ma’naviy barkamollik sari qadam bo‘libgina qolmay, balki ijodiy va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatini ham beradi.