Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi

Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Akademiyaning 2024-yildagi faoliyati natijalari muhokama qilindi, erishilgan natijalar barobarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilandi.

Tadbir davomida Akademiyaning bir guruh xodimlari navbatdagi attestatsiyadan o‘tkazildi.

Shu bilan birga, Akademiyaga joriy yilning III choragi uchun mustaqil izlanuvchilikka hamda tayanch doktoranturaga tavsiya etilgan tadqiqotchilarning dissertatsiya mavzulari, ularning ilmiy rahbarlari va biriktiriladigan tarmoqlar tasdiqlandi.

Majlisda shuningdek Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda tadqiqotchilari tomonidan tayyorlangan ilmiy adabiyotlarni nashrga tavsiya etish masalasi muhokama qilindi, shuningdek bir necha xodimlar ilmiy unvonga tavsiya etildi.

Majlis kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.