Bosh prokuratura Akademiyasida joriy yilning 6-15 noyabr kunlari davlat soliq xizmati organlari xodimlarining byudjet daromadlari bazasini kengaytirish va qo'shimcha zaxiralarni aniqlash borasidagi ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha maxsus kurslar o'tkazildi. Tadbirda Toshkent shahri tumanlari davlat soliq inspektsiyalarining 958 nafar xodimlari ishtirok etdi. Kurslar ikki kunlik kechki ta'lim shaklida o'tkazildi.
O'quv jarayonida O'zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasidan kelib chiqadigan vazifalar, soliq siyosatida nazarda tutilayotgan o'zgarishlar, shu jumladan umumbelgilangan soliq tizimiga o'tkazishni tartibga solish masalalariga atroflicha to'xtalib o'tildi.
O'quv kurslari davomida soliq ma'muriyatchiligi va nazoratida korrupsiya omillarining oldini olish va ularga barham berish, soliq to'lovchilarni to'liq pasportlashtirish, ishchilar soni va ish haqini legallashtirish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish bo'yicha tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.Ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.