Huquqni muhofaza qilish Akademiyasida Davlat xavfsizligi xizmati tergovchilari uchun “Terrorizm va ekstremizmga oid jinoyatlarni tergov va kvalifikatsiya qilish masalalari” mavzusida malaka oshirish kursi tashkil etildi.
O‘quv kursi mashg‘ulotlari davomida Terrorizm va ekstremizmga oid jinoyatlar yuzasidan o‘tkaziladigan tergov harakatlari, tergov jarayonida raqamli qurilmalarda saqlanayotgan ma’lumotlarni to‘g‘ri rasmiylashtirib olish, internet ijtimoiy tarmoqlarida o‘chirilgan ma’lumotlarni qayta tiklash, shaxsni identifikatsiya qilishda qo‘llaniladigan zamonaviy kriminalistik texnik vositalardan foydalanish mavzularida zarur bilimlar beriladi.
Shuningdek, o‘qitish davomida Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan berilgan nazariy bilimlarni boyitish maqsadida bir qator tashkilot va muassasalarda sayyor o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish orqali amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish rejalashtirilgan.