“Jinoyat ishlari bo'yicha qonuniy, asosli va adolatli sud qarorlari qabul qilinishini ta'minlashda prokuror xodimlarning roli” mavzusidagi navbatdagi malaka oshirish o'quv kursi tugallandi

“Jinoyat ishlari bo'yicha qonuniy, asosli va adolatli sud qarorlari qabul qilinishini ta'minlashda prokuror xodimlarning roli” mavzusidagi navbatdagi malaka oshirish o'quv kursi tugallandi

Bosh prokuratura Akademiyasida 2018 yilning 10 noyabrida tuman (shahar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning yordamchilari ishtirokida “Jinoyat ishlari bo'yicha qonuniy, asosli va adolatli sud qarorlari qabul qilinishini ta'minlashda prokuror xodimlarning roli” mavzusidagi navbatdagi malaka oshirish o'quv kursi tugallandi.

O'quv mashg'ulotlari davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari sharoitida amaldagi qonunchilikka kiritilayotgan yangiliklar, jinoyat sudlov sohasida konkret toifadagi ishlarni ko'rilishida yagona sud-prokuror amaliyotini shakllantirish, sohada xizmat qilayotgan prokuratura xodimlarining vazifalari bilan bog'liq masalalar yoritildi.

O'quv mashg'ulotlari davomida tinglovchilar shuningdek, birinchi instansiya sudlarida, apellyatsiya, kassatsiya va nazorat sud instansiyalarida jinoyat ishlarini ko'rilishida ishtirok etdilar.

Bundan tashqari, o'quv jarayoni davomida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining tajribali xodimlari ishtirokida davra suhbatlari tashkillashtirildi.

O'quv mashg'ulotlari natijasi bo'yicha tinglovchilarga tegishli namunadagi sertifikatlar topshirildi.