Huquqni muhofaza qilish akademiyasida talaba yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tizimli ishlar tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, halqimiz faxri!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir yoshlarda Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini shakllantirish, mamlakatimizda har xil sohalarda, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlik yo‘nalishlarida ham olib borilayotgan keng ko‘lamli jarayonlarga dahldorlik tuyg‘ularini rivojlantirish, ularni kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, kelgusi xizmat faoliyatiga tayyorlash maqsadida tashkil etildi.
Tadbir ochilish marosimida Milliy gvardiyaning alohida namunali harbiy orkestri va faxriy qorovul bo‘linmasi o‘zlarining vatanparvarlik tuyg‘ularini chorlovchi sado va ko‘rgazmali chiqishlarini ishtirokchilar e’tiboriga namoyish etdilar.
Asosiy va amaliy qismida esa bugungi kunda Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiyaning bo‘linmalarida mavjud zamonaviy texnika, qurol-aslahalarning, shuningdek, tergov va surishtiruv faoliyatida qo‘llaniladigan kriminalistika texnika va maxsus vositalarining ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi maxsus tayyorgarlik o‘quv markazining instruktor kinologlari chiqishlari tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Talabalar har bir qurol-aslaha, maxsus texnika va vositalarning vazifalari, ularning taktik-texnik tavsiflari, qism va mexanizmlarining ishlash prinsiplari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tanishdilar hamda uzlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar oldilar.