Professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish tadbirlari davom etmoqda

Professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish tadbirlari davom etmoqda


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va metodikalarni joriy etish maqsadida izchil va tizimli olib borilayotgan ishlar doirasida 2025-yil 23-yanvar kuni Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Biznesni boshqarish” va “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishlari rahbari M.A.Berdikulov tomonidan “O‘qitishning kredit-modul tizimi va pedagogik ko‘nikmalar” mavzusida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningda oliy ta’lim muassasalarida joriy etilgan kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, uning an’anaviy ta’lim tizimidan farqli jihatlari va o‘ziga xos xususiyatlari, kredit-modul tizimida professor-o‘qituvchilarga qo‘yiladigan talablar, fan dasturi (sillabus) va o‘quv kontentini ishlab chiqishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar, talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish va o‘zlashtirishlarini baholash usullari haqida keng mazmunli ma’ruza qilindi.

Seminar-trening so‘ngida mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.