Akademiya Axborot-resurs markazi imkoniyatlari kengaymoqda

Akademiya Axborot-resurs markazi imkoniyatlari kengaymoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Axborot-resurs markazi bazasini boyitish yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda. Birgina 2024 yil davomida 3000 dan ortiq milliy va xorijiy adabiyotlar xarid qilindi. Shuningdek, markazning rivojlanishi uchun hamkor tashkilotlar tomonidan qator oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar begʻaraz taqdim etildi. Jumladan, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan 500 ta adabiyot va boshqa xalqaro hamkorlar tomonidan 300 ga yaqin qimmatli kitoblar markazga taqdim etildi.

Akademiyaning doimiy hamkori – Inson huquqlari milliy markazi tomonidan Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga 200 dan ortiq huquqiy adabiyotlar, darsliklar va qoʻllanmalar begʻaraz taqdim etildi. 

Bu tadbirlar Axborot-resurs markazi faoliyatini yanada boyitib, ilmiy-ta'limiy jarayonlarni qoʻllab-quvvatlashda katta ahamiyat kasb etmoqda. Akademiya rahbariyati va jamoasi ushbu yordam va hamkorlik uchun barcha tashkilotlarga minnatdorchilik izhor etadi.