Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat va davlat xavfsizligining garovi

Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat va davlat xavfsizligining garovi

Bosh prokuratura Akademiyasining Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta'lim markazi tomonidan yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan doimiy ravishda huquqiy tadbirlar olib borilmoqda.

Jumladan, 13 noyabr kuni Akademiya xodimlari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha Vakili (Ombudsman) ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili bilan hamkorligida Chirchiq pedagogika institutida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat va davlat xavfsizligining garovi” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbir davomida institut professor-o'qituvchilari va talaba yoshlariga korruptsiyaga qarshi kurashish borasida davlat siyosati, sohada olib borilayotgan chora-tadbirlar haqidagi batafsil ma'lumotlar yetkazildi hamda ularga ta'lim sohasidagi korrupsiya va uning salbiy oqibatlarini o'zida aks etgan ijtimoiy videoroliklar namoyish etildi.

Akademiya xodimlari tomonidan bu kabi tadbirlar yilning joriy choragi davomida Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida ham tashkil etildi.